Yangi-Lotin.uz Кирилл Русский

Ommaviy oferta

Ushbu hujjat Yangi-Lotin.uz saytidagi xizmatlardan foydalanish shartlarini belgilaydi. Saytdan foydalanish yoki toʻlovni amalga oshirish — shartlarga rozilik bildirish hisoblanadi.

1. Xizmat nima

Sayt oʻzbek matnini va hujjatlarini yozuvdan yozuvga oʻgiradi: kirill, amaldagi lotin va yangi lotin alifbosi (Ö Ğ Ş Ç) orasida. Matn oʻgirgichdan foydalanish bepul va cheklovsiz. Hujjatlarni (.docx, .xlsx, .pptx) oʻgirish kuniga 3 tagacha bepul, undan koʻpi PRO tarifi orqali.

2. Narx va toʻlov

PRO tarifi narxi — 1 000 soʻm, amal qilish muddati 30 kun. Toʻlov PayX toʻlov tizimi orqali (Payme, Click) amalga oshiriladi. Toʻlov tasdiqlangach, PRO darhol faollashadi va foydalanuvchiga kirish kodi beriladi.

Narx oʻzgarishi mumkin, ammo bu allaqachon toʻlangan muddatga taʼsir qilmaydi.

3. Xizmat qanday koʻrsatiladi

Xizmat avtomatik tarzda, real vaqtda koʻrsatiladi. Yuklangan fayllar serverda saqlanmaydi: oʻgirilgandan soʻng darhol oʻchiriladi. Matn oʻgirgichdagi matn esa umuman serverga yuborilmaydi — u brauzeringizda qayta ishlanadi.

4. Pulni qaytarish

Agar texnik nosozlik sababli xizmatdan foydalana olmagan boʻlsangiz, toʻlov kunidan boshlab 10 kun ichida murojaat qiling — pul toʻliq qaytariladi. Xizmat koʻrsatilgan (hujjatlar oʻgirilgan) boʻlsa, toʻlov qaytarilmaydi.

Murojaat uchun toʻlov sanasi va kirish kodini yuboring.

5. Oʻgirish sifati

Oʻgirish qoidalarga asoslanadi. Baʼzi holatlar bir maʼnoli emas: kirillchaga oʻgirishda «ц» harfi hamda «е/э» yozilishi, shuningdek atoqli otlar. Shu sababli muhim hujjatlarni koʻzdan kechirib chiqish tavsiya etiladi. Sayt matn mazmuni yoki oʻgirish natijasidan kelib chiqadigan zarar uchun javobgar emas.

6. Cheklovlar

Xizmatdan qonunga zid maqsadlarda, avtomatlashtirilgan ommaviy soʻrovlar yuborish yoki saytga ortiqcha yuk berish uchun foydalanish taqiqlanadi.

7. Aloqa va rekvizitlar

Nomi MyIT
STIR (INN) 312396750
Manzil TOMDIBULOQ OFY SHARQ MASSIVI 165-UY
Telefon +998934389966
Elektron pochta hello@my-it.uz
Telegram https://t.me/MyIT_Support
Bank PayX
Hisob raqami PayX

Oxirgi yangilanish: 2026-07-20