Yangi-Lotin.uz Кирилл Русский

Kirilldan lotinga va yangi alifboga oʻgirish

Matnni qoʻying — qaysi yozuvda ekanini oʻzi taniydi va bir zumda oʻgiradi. Uchala yozuv qoʻllab-quvvatlanadi: kirill, amaldagi lotin va yangi lotin alifbosi (Ö Ğ Ş Ç). Matn brauzeringizdan chiqmaydi.

Yangi alifboda nima oʻzgaradi

Qonun loyihasi 2026-yil 7-iyulda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi. Ikkita belgi bilan yozib kelingan 4 ta harf bitta belgi bilan ifodalanadi, «ng» harf birikmasi esa alifbodan chiqariladi: hozirgi 26 harf va 3 birikma oʻrniga 28 harf va 1 apostrof qoladi. Kuchga kirishi uchun loyiha Senat tomonidan maʼqullanishi va Prezident tomonidan imzolanishi lozim. Qonun kuchga kirgunicha berilgan hujjatlar oʻz kuchini saqlab qoladi.

AmaldagiYangi
Gʻ gʻĞ ğ
Oʻ oʻÖ ö
Sh shŞ ş
Ch chÇ ç

Alifbo jadvalini koʻrish →

Koʻp beriladigan savollar

Yangi oʻzbek alifbosida qaysi harflar oʻzgaradi?

Toʻrtta harf: Gʻ oʻrniga Ğ, Oʻ oʻrniga Ö, Sh oʻrniga Ş, Ch oʻrniga Ç. Qolgan harflar oʻzgarishsiz qoladi, «ng» harf birikmasi esa alifbodan chiqariladi.

Tutuq belgisi (ʼ) qanday yoziladi?

Tutuq belgisi oʻzgarmaydi: maʼno, taʼlim, eʼlon. U kirillchadagi «ъ» harfiga toʻgʻri keladi. Diqqat: oʻ va gʻ tarkibidagi belgi (ʻ, U+02BB) bilan tutuq belgisi (ʼ, U+02BC) — har xil belgilar.

Klaviaturada Ö, Ğ, Ş, Ç harflari yoʻq boʻlsa nima qilaman?

Oddiy lotinda yozavering — «sh», «ch», «o'», «g'» deb. Bu sahifa ularni yangi harflarga oʻzi aylantiradi. Istalgan apostrof koʻrinishi (' ’ ` ʻ) tanib olinadi.

Oʻgirish bepulmi va matnim saqlanadimi?

Bepul va roʻyxatdan oʻtish shart emas. Matn brauzeringizda oʻgiriladi — serverga yuborilmaydi va saqlanmaydi.

Qaysi soʻzlarni tekshirib chiqish kerak?

Kirillchaga oʻgirishda «ц» harfi va «е/э» yozilishi baʼzan chalkashadi, chunki qoida bir maʼnoli emas. Atoqli otlarni ham koʻzdan kechirgan maʼqul.