Fayllarni yuklang — faqat matn oʻgiriladi. Shrift, rang, jadval, kolontitul, raqamlash va rasmlar joyida qoladi, chunki ular umuman qoʻzgʻatilmaydi. Bir vaqtda bir nechta fayl yuklashingiz mumkin.
Qonun loyihasi 2026-yil 7-iyulda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi. Ikkita belgi bilan yozib kelingan 4 ta harf bitta belgi bilan ifodalanadi, «ng» harf birikmasi esa alifbodan chiqariladi: hozirgi 26 harf va 3 birikma oʻrniga 28 harf va 1 apostrof qoladi. Kuchga kirishi uchun loyiha Senat tomonidan maʼqullanishi va Prezident tomonidan imzolanishi lozim. Qonun kuchga kirgunicha berilgan hujjatlar oʻz kuchini saqlab qoladi.
| Amaldagi | Yangi |
|---|---|
| Gʻ gʻ | Ğ ğ |
| Oʻ oʻ | Ö ö |
| Sh sh | Ş ş |
| Ch ch | Ç ç |