Yangi-Lotin.uz Кирилл Русский

Loyiha haqida

Yangi-Lotin.uz — oʻzbek matnini kirill, amaldagi lotin va yangi lotin alifbosi orasida oʻgiradigan xizmat. Alifbo islohoti eʼlon qilingach, koʻp odam va tashkilotga matnlarni va hujjatlarni yangi yozuvga oʻtkazish kerak boʻladi — sayt shu ish uchun.

Qanday ishlaydi

Oʻgirish qoidalar asosida bajariladi: har bir harf va harf birikmasi uchun aniq moslik bor. Matn oʻgirgich toʻliq brauzeringizda ishlaydi — yozgan matningiz serverga umuman yuborilmaydi.

Hujjatlarda faqat matn almashtiriladi. Shrift, rang, jadval, kolontitul, raqamlash va rasmlar qoʻzgʻatilmaydi — shuning uchun sahifa koʻrinishi oʻzgarmaydi. Yuklangan fayl oʻgirilgach darhol oʻchiriladi va saqlanmaydi.

Nimaga eʼtibor berish kerak

Baʼzi oʻrinlarda qoida bir maʼnoli emas — masalan, lotinchadan kirillchaga oʻgirishda «ц» harfi yoki «е/э» yozilishi, shuningdek atoqli otlar. Muhim hujjatlarni koʻzdan kechirib chiqing.

Maʼlumotlar bilan nima qilinadi

Matn saqlanmaydi. Fayllar saqlanmaydi. Roʻyxatdan oʻtish talab qilinmaydi. Toʻlov qilganda faqat toʻlov haqidagi maʼlumot (summa, sana, toʻlov identifikatori) saqlanadi — bu buxgalteriya uchun zarur.

Bogʻlanish

Xato topsangiz, notoʻgʻri oʻgirilgan soʻzga duch kelsangiz yoki taklifingiz boʻlsa — yozing. Ayniqsa oʻgirishdagi xatolar haqidagi xabar qadrli: qoidalar shu asosda aniqlashtiriladi.

Nomi MyIT
STIR (INN) 312396750
Manzil TOMDIBULOQ OFY SHARQ MASSIVI 165-UY
Telefon +998934389966
Elektron pochta hello@my-it.uz
Telegram https://t.me/MyIT_Support
Bank PayX
Hisob raqami PayX

Ommaviy oferta →