Yangi-Lotin.uz Кирилл Русский

API

Matnni saytga kirmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri dasturingizdan oʻgiring. Sayt, CRM, mobil ilova yoki 1C dagi maʼlumotlarni koʻchirish uchun qulay.

Kalit olish

API kaliti PRO tarifi bilan beriladi. PRO sahifasida «API kaliti» tugmasini bosing — kalit bir marta koʻrsatiladi, uni saqlab qoʻying. Kalit PRO muddati tugagach ishlamaydi.

Umumiy qoidalar

Manzilhttps://yangi-lotin.uz/api/v1
KalitAuthorization: Bearer yl_…
FormatJSON (soʻrov ham, javob ham)
Chegaradaqiqasiga 120 ta soʻrov
Matn hajmi50 000 belgigacha

Yozuv nomlari: cyr — kirill, old — amaldagi lotin, new — yangi lotin (Ö Ğ Ş Ç).

POST /api/v1/convert

from koʻrsatilmasa, yozuv matnning oʻzidan aniqlanadi.

curl -X POST https://yangi-lotin.uz/api/v1/convert \
  -H "Authorization: Bearer yl_..." \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{"text":"Ўзбекистон Республикаси","to":"new"}'
{
  "from": "cyr",
  "to": "new",
  "result": "Özbekiston Respublikasi"
}

POST /api/v1/detect

Matn qaysi yozuvda ekanini aytadi — oʻgirmasdan.

{"text":"Oʻzbekiston"}   →   {"script":"old"}

GET /api/v1/me

Kalit holati: nechta soʻrov qilingan va muddati qachon tugaydi.

Xatolar

KodMaʼnosi
401Kalit yuborilmagan, notoʻgʻri yoki muddati tugagan
422Maydonlar notoʻgʻri: text boʻsh yoki to xato
429Chegaradan oshdingiz — biroz kutib qayta urinib koʻring

Eslatma

Oʻgirish qoidalarga asoslanadi. Kirillchaga oʻgirishda «ц» harfi va «е/э» yozilishi baʼzan bir maʼnoli emas — muhim maʼlumotlarni tekshirib chiqing. Batafsil: tutuq belgisi va alifbo jadvali.